Kirish Ro'yxatdan o'tish
Har qanday kasb uchun

Xodimlar, ombor va savdoni bitta joyda boshqaring

Kunlik vazifalar, jarima va maoshni avtomatik hisoblash, omborni kirim/otgruzka bilan yuritish, CRM voronkasi va tashkiliy tuzilma - hammasi bitta oddiy saytda. Ma'lumotlar Excel formatida, hisobotlar Excel va PDF ga yuklanadi.

  • Dasturlash kerak emas
  • Excel / PDF hisobotlar
  • Ko'p kompaniya, har biriga alohida kirish

Bitta tizim - to'liq nazorat

Kerakli bo'limlarni yoqasiz, keraksizini o'chirib qo'yasiz. Hammasi kompaniyangiz sozlamalariga moslanadi.

Xodimlar hisoboti

Har bir xodim o'z sahifasida kunlik belgilarni qo'yadi. Siz esa hammasini bir ko'rinishda ko'rasiz: kim qancha bajargan, kim ortda.

Maosh va jarima - avtomatik

Norma bajarilmasa, kechikish yoki hisobot topshirilmasa jarima o'zi hisoblanadi. Oy oxirida yakuniy maosh tayyor, Excel va PDF ga yuklanadi.

Ombor

Tovarlar rasmi bilan, kirim va otgruzka hujjatlari, kontragentlar, qoldiq hisobi va kam qolgan tovar haqida ogohlantirish. Har bir hujjat uchun chek (PDF).

CRM va dashboard

Savdo voronkasi bosqichlar bo'yicha, konversiya va summalar grafiklarda. O'zingizning CRM ni (Bitrix24, amoCRM yoki boshqa) API orqali ulashingiz mumkin.

Tashkiliy tuzilma

Kim kimga bo'ysunishi daraxt ko'rinishida: bo'limlar, rahbarlar va lavozimlar. Yangi xodim qo'shilsa, sxema o'zi yangilanadi.

Sotuv skripti

Tanishuvdan bitimni yakunlashgacha tayyor gaplar misoli. Har bir bosqichda yo'riqnoma bor, o'zingizga moslab tahrirlashingiz mumkin.

Qanday ishlaydi

1

Ariza qoldiring

"Ro'yxatdan o'tish" tugmasini bosing, kompaniya nomi va telefon raqamingizni yozing.

2

Tasdiqlaymiz

Arizani ko'rib chiqamiz va kompaniyangiz uchun kirish uchun login va parol beramiz.

3

Ishni boshlang

Xodimlarni qo'shing, vazifalarni moslang, xodimlarga shaxsiy havolani yuboring - hisobot yuritila boshlaydi.

Kimlar uchun

Tizim bitta kasbga bog'lanmagan - vazifalarni o'zingiz belgilaysiz. Tayyor namunalar bor:

SMM va marketingSotuvchilarKuryer va yetkazib berishMijozlarga xizmat (support)Do'kon va omborO'z vazifalaringiz

Jamoangiz ishini tartibga solishga tayyormisiz?

Ariza qoldiring - tasdiqlangach login va parolni olasiz.